49
O‘zbekistonda 2024 yilda 1 mln gektar maydonga paxta ekiladi
O‘zbekistonda 2024 yil hosili uchun 1 million gektar maydonlarda g‘o‘za navlari ekish rejalashtirilgan. Bu haqda “O‘zagroinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu g‘o‘za navlarini ekish uchun 50 ming tonna urug‘lik chigit talab etiladi. G‘o‘za navlarining iqlim sharoitiga mos 22 ta ertapishar, 3 ta o‘rtapishar, 4 ta ingichka tolali hamda 24 istiqbolli va yangi navlarni ekish rejalashtirilgan.
Shuningdek, respublika bo‘yicha mavjud 46 ta urug‘lik chigit tayyorlash sexlari to‘liq ishlashi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilgan. Urug‘lik chigitlarni qadoqlash uchun yetarli miqdorda qop va yorliqlar, kimyoviy preparatlar zaxirasiyaratilgan.
Mavsum boshidan rejaga nisbatan 45,5 ming tonna yoki 81,3 foiz urug‘lik chigit tozalanib, saralangan va bu ishlar davom ettirilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring