+9° Kechasi +3°
Andijon (Bugun, 4 dekabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 825.43 so'm (-12.9 so'mga)
120.98 so'm (+1.28 so'mga)
13 493.63 so'm (-4.59 so'mga)
20-01-2024, 10:41
47

Senatda ekologik vaziyatni yaxshilashga doir Qonun ko‘rib chiqildi

Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda sanitariya holatini va ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Biroq qurilish, ishlab chiqarish va urbanizasiya ko‘lamlarining kengayishi atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish uchun qonunlarda atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlarning faoliyatini maxsus vakolatli davlat organlarining qaroriga ko‘ra cheklash yoki to‘xtatib turish mumkinligi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga qonunchilikda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini cheklash yoki to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan noaniq ta’riflarning mavjudligi davlat organlarining diskresion vakolatlari kengligi bilan bog‘liq korrupsiya holatlari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Mazkur hujjat bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini cheklash yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorlarni, birinchi navbatda, aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelishining oldini olish zaruratini hisobga olgan holda qabul qilish asoslarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Top.Mail.Ru Анализ сайта