+14° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
08-02-2024, 11:47
33

Er usti metrosining 2 bekatini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda

Er usti halqa metro liniyasining «Turon» va «Qipchoq» bekatlaridagi sinov jarayonlari yakunlangach, joriy yilning 15 martidan keyin foydalanishga topshiriladi.

Transport vazirining 2023 yil 14 dekabrdagi 207-sonli “Toshkent shahri yer usti halqa metro liniyasining “Quruvchilar – Qipchoq” uchastkasida poyezdlar qatnovini sinov tariqasida boshlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan 2023 yilning 15 dekabr kunidan ushbu uchastkada poyezdlar qatnovi sinov tariqasida boshlandi.

“Bugungi kunda yer usti metro liniyalarini qurish, foydalanishga topshirish, topshirish oldi sinov jarayonlarini o‘tkazish o‘rganilgan xorij tajribasi natijalaridan kelib chiqib, shuningdek, sinov jarayonlarini o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan me’yoriy texnik talablar asosida amalga oshirilmoqda” , deyiladi xabarda.

Mazkur sinov jarayonlari joriy yilning 15 mart kuniga qadar o‘tkazilishi (davom ettirilishi) rejalashtirilgan. Sinov jarayonlari yakunlangach, yer usti metro liniyasining «Turon» va «Qipchoq» bekatlarini o‘z ichiga olgan uchastkasi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта