42
“Tolibon” elektr to‘lovi bo‘yicha to‘rtta davlatdan qarzini uzdi
Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat) ikki yildan ortiq vaqt davomida elektr importi bo‘yicha qarzi uchun to‘rtta davlatga 627 million dollar to‘ladi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
“Tolibon” boshqaruvidagi Breshna shirkati vakili Hikmatulloh Meyvandi tegishli ma’lumot bilan bo‘lishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eron oldidagi qarzlar to‘liq uzilgan. “Tolibon” rasmiysi bu qarzlar Afg‘onistonning avvalgi hukumatidan qolganini ta’kidladi.
Afg‘oniston elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning katta qismini qo‘shni davlatlar Eron, O‘zbekiston va Turkmaniston orqali qoplaydi. 2024 yilning yanvar oyi boshida Breshna va Tojikiston o‘rtasida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma uzaytirilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring