+26° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 18 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 720.00 so'm (-7.96 so'mga)
140.04 so'm (+0.58 so'mga)
13 827.91 so'm (+46.07 so'mga)
07-02-2024, 16:13
11

Evrokomissiya Kishinyovga 31 million yevro miqdorida moliyaviy yordam beradi

Evrokomissiya Moldovaga 31 million yevro miqdorida moliyaviy yordam beradi.

Moldova OAVlarining xabar berishicha, seshanba kuni parlamentning tashqi siyosat va Yevropa integrasiyasi bo‘yicha komissiyasi Integrasiya va barqarorlik dasturi doirasida yordam olish bo‘yicha kelishuv imzolanishini ma’qullagan.

Hisobotda aytilishicha, ushbu mablag‘ning 10 million yevroi xavfsizlik va migrasiya bilan bog‘liq mumkin bo‘lgan muammolarni yaxshiroq hal qilishga mo‘ljallangan.

Yana 10 million yevroni Moldova qishloq xo‘jaligi sektori oladi, qolgan 11 million yevro esa islohotlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Moldova parlamenti qo‘llab-quvvatlash nafaqat grantlar, balki maslahatlar, ta’lim dasturlari va jihozlar ekanligini ta’kidladi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта