41
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarini radiotexnika bilan jihozlaydi
Rossiyaning “Azimut” aksiyadorlik jamiyati parvozlar xavfsizligini oshirish maqsadida O‘zbekistondagi aerodromlarni radiotexnika vositalari bilan jihozlaydi. Bu haqda Rossiya Federasiyasining mamlakatdagi savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev va “Azimut” kompaniyasi bosh direktori Asker Saidov kompaniyaning respublikadagi faoliyatini muhokama qilgan.
“Uchrashuvda Rossiya kompaniyasi rahbari O‘zbekiston aerodromlarini yer usti radiotexnikasi bilan jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritildi. Bu respublikada havo qatnovi xavfsizligini ishonchli darajada ta’minlash imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Zligostev O‘zbekiston aeroportlari infratuzilmasini yanada modernizasiya qilish istiqbollarini inobatga olgan holda “Azimut” mahalliy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidladi.
“Azimut” fuqaro aviasiyasi korxonalari uchun aloqa uskunalarini ishlab chiqadi va navigasiya, qo‘nish, havo harakatini boshqarishni kuzatish va avtomatlashtirish uskunalari bilan taminlaydi. Shuningdek, aerodromlar va havo harakatini boshqarish markazlarini jihozlash va qayta jihozlash bo‘yicha kompleks loyihalar ishlab chiqadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring