+13° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
06-02-2024, 11:32
40

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 barobar oshdi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2017 yildan 2023 yilgacha besh baravardan ziyodga oshdi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Akmaljon Ko‘chkorov Ashxobodda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“2017 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi besh baravardan ortiq o‘sdi, 2023 yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,094 milliard dollarni tashkil etdi”, — dedi elchi.



Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 920 million dollarga yetgan, 2023 yilda o‘sish 10 foizdan oshgan.

Ko‘chkorov O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida “tabiiy gaz va elektr energiyasi bo‘yicha yaxshi savdo-sotiq yo‘lga qo‘yilgan”ligini ta’kidlab, iqtisodiyotning o‘sishi va shunga mos ravishda energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj tufayli respublika turkman gazini yetkazib berishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Elchi tomonlar 2023 yilda O‘zbekistonga 2 milliard kub metr turkman tabiiy gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzganini, 2024 yilda esa gaz bo‘yicha kelishuv albatta tuzilishini eslatdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта