41
Itochu kompaniyasi G‘azodagi urush sababli Isroil shirkati bilan hamkorlikni to‘xtatadi
Yaponiyaning Itochu kompaniyasi fevral oyidan G‘azodagi urush sababli Isroilning Elbit Systems Ltd mudofaa shirkati bilan harbiy sohadagi hamkorlikni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya moliyaviy direktori Suyoshi Xachimura ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Azon Global nashri.
“Itochu o‘tgan oy Xalqaro sud Isroilga falastinliklarga qarshi genosid harakatlarining oldini olish va tinch aholiga ko‘proq yordam berishni topshirganidan keyin hamkorlikni tugatishni rejalashtirmoqda”, ‑ dedi u.
“Xalqaro Sudning 26 yanvardagi buyrug‘ini va Yaponiya hukumati sudning rolini qo‘llab-quvvatlashini inobatga olib, biz Memorandum bilan bog‘liq yangi faoliyatni allaqachon to‘xtatib qo‘yganmiz va Memorandumni fevral oyi oxirigacha tugatishni rejalashtirmoqdamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Suyoshi Xachimura.
Itochu Aviation, Elbit Systems va Nippon Aircraft Supply (NAS) 2023 yil mart oyida, urush boshlanishidan yetti oy oldin strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan edi.
“Isroil bilan bog‘liq biznesga kelsak, Itochu kichik fintex investisiyalariga va avtomobil sotish biznesiga ega, ammo u qarzni undirish yoki boshqa muammolar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydi”, ‑ dedi Xachimura.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring