+23° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 7 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 947.20 so'm (+26.76 so'mga)
153.38 so'm (-0.14 so'mga)
14 222.50 so'm (-30.04 so'mga)
06-02-2024, 09:01
99

Birjada 4,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 22 yanvar – 4 fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 4 694,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 55,5% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 92,0% birja savdolariga, qolgan 8,0% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 4 319,4 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 8 380,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 8 181,0 tonnasi, ya’ni 97,6% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 228 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 633,0 ming so‘mdan 6 132,2 ming so‘mgacha pasaygan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта