+13° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
05-02-2024, 13:02
47

2024 yilda Qozog‘iston iqtisodiyoti kamida 5,3 foizga o‘sadi - Hukumat

Hukumat 2024 yilda mamlakat iqtisodiyoti kamida 5,3 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti yangi sharoitlarga moslashib, barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiy o‘sish 5,1 foizni tashkil etdi.

Sanoatning barcha asosiy tarmoqlari ijobiy dinamikani ko‘rsatdi: qurilish – 13,3 foiz, savdo – 11,3 foiz, axborot va aloqa xizmatlari – 7,1 foiz, transport xizmatlari – 6,9 foiz, sanoat – 4,3 foiz.

Asosiy kapitalga investisiyalar 13,7 foizga oshdi. Shu bilan birga, 2023 yilning 9 oyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi 19,7 milliard dollarni tashkil etdi. Uning 11 milliard dollardan ortig‘i noxomashyo sohalariga yo‘naltirilgan. Umuman olganda, ketma-ket 2 yil davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar ko‘rsatkichlari so‘nggi o‘n yillikning eng yuqori ko‘rsatkichlaridan biriga aylandi - ularning yillik hajmi 26-28 milliard dollar darajasida. Xorijiy sarmoyalarning umumiy oqimi bo‘yicha Qozog‘iston MDH davlatlari orasida yetakchi hisoblanadi.

2023 yilning 11 oyida tashqi savdo aylanmasi 2,2 foizga o‘sib, 126 milliard dollarni tashkil etdi. Savdo balansining ijobiy saldosi 16 milliard dollardan oshdi. Noxomashyo eksport nomenklaturasi 141 pog‘onaga oshdi.

Mamlakatning xalqaro zaxiralari 96 milliard dollarni tashkil etdi, shundan Milliy jamg‘arma mablag‘lari 4 milliard dollarga oshib, 60 milliard dollardan oshdi. Xalqaro reyting agentliklari Qozog‘iston iqtisodiyotining mustaqil reytingi va sarmoyaviy ishonchliligini tasdiqladi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта