42
EOII davlatlarining o‘zaro savdo hajmi 85 milliard dollarga yetdi
Almati shahrida Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Kazinform agentligi QR Hukumati matbuot xizmatiga tayanib.
Unda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qasimaliyev va YEIK Hay’ati raisi Baqitjan Sag‘intayev ishtirok etdi.
Tomonlar YEOII integrasiyalashgan axborot tizimini rivojlantirish holati va istiqbollarini, elektron savdoni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini hamda transport sohasidagi ustuvor integrasiya infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish masalasini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, ishtirokchilar YEOII mamlakatlarida makroiqtisodiy vaziyat va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
Alixan Smailov bu yil YEOII shartnomasi imzolanganiga 10 yil to‘lishini eslatdi. Bugungi kunda bu jadal rivojlanayotgan integrasiyalashgan ittifoq bo‘lib, 190 million aholiga ega, mehnat bozori 93 milliondan ortiq, yalpi ichki mahsuloti 2,7 trillion dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, a’zo davlatlarning o‘zaro savdosi 2015 yildan 2022 yilgacha ikki barobarga oshib, 85 milliard dollarga yetdi.
“O‘tgan yilning muhim voqeasi Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li deklarasiyasining qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu hujjat Yevroosiyo makonida yaqin 5 yilga mo‘ljallangan integrasiya jarayonlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Deklarasiyaning amalga oshirilishi iqtisodiyotlarimizni rivojlantirish uchun sharoit yaratish imkonini beradi. Haqiqiy iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun maksimal darajada harakat qilish kerak”, – dedi QR Bosh vaziri.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring