O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ma’lumotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilgan. Bot bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Masalan, “Listing qilingan kompaniyalar” bo‘limida birjaning kotirovkalash varag‘iga kiritilgan emitentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Zarurat tug‘ilganda muayyan emitent haqida batafsil ma’lumotlarni aynan shu yerdan olish mumkin.
“Savdo natijalari” bo‘limi orqali birjadagi qimmatli qog‘ozlar bilan aloqador oxirgi bitimlarni kuzata olasiz. Bundan tashqari, bu yerda belgilangan muddat ichida ISIN bo‘yicha muayyan aksiyalar uchun savdo natijalarini yuklab olish mumkin. “Savdo qoidalari” bo‘limi esa birja tomonidan tasdiqlangan qoidalarning so‘nggi namunalarini PDF formatida yuklab olish imkonini beradi. “Yangiliklar” bo‘limida fond bozoridagi yangiliklar haqida xabarlar chop etiladi. “Toshkent” Respublika fond birjasi saytida e’lon qilingan fond bozoriga oid PDF nusxadagi tahliliy materiallarni “Tahlil” bo‘limidan topasiz. “Fikr qoldirish” tugmasidan foydalanib esa bot dasturchilariga o‘z taklif va mulohazalaringizni yuborishingiz mumkin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring