+14° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
31-01-2024, 23:28
38

IT Park rezidentlari eksporti miqdori 344 million dollarga yetdi

Tadbirda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT Park rezidentlari eksporti miqdori ijobiy o‘sish sur’atini saqlab qolgan holda, jadal o‘sib borayotganini qayd etdi. Jumladan, 2023 yil yakuniga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 344 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi 140 million dollarga nisbatan 2,4 barobar ko‘p.

Eksportning 57 foizi yoki 196 million dollari xizmat ko‘rsatish kompaniyalariga, 23 foizi, ya’ni 79 million dollari oziq-ovqat korxonalariga, 69 million dollarga teng 20 foizi boshqa xizmat taqdim etuvchi rezidentlarga to‘g‘ri keldi.

E’tiborli jihati, asosiy eksport mamlakatlari ro‘yxatida AQSh 44 foiz bilan birinchi o‘rinda. Shuningdek, Buyuk Britaniya va YEI davlatlari 24, MDH hududi 20, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi 8 va MENA mamlakatlari 4 foiz O‘zbekistondan axborot texnologiyalari importini amalga oshirgan.

Ijobiy natija 2023 yil oxirida eksportga yo‘naltirilgan rezident kompaniyalar ko‘payishi hisobiga erishilgan. Bunday kompaniyalar soni 551 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ortdi.

2023 yil yakuniga kelib, IT Park rezidentlari 1652 kompaniyani tashkil etdi. Mazkur jamoalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat o‘tgan yil 12,5 trillion so‘mga baholangan. 2022 yil ushbu ko‘rsatkich 5,1 trillion so‘m, ya’ni 2,4 barobar kam edi.

Ta’kidlash joiz, taqdim etilayotgan imtiyoz tufayli IT Park rezidentlari qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratib, mamlakatimizda IT-mutaxassislari safini kengaytirmoqda. 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, rezident kompaniyalarda 26 mingdan ziyod kishi ish bilan band.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта