+14° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
31-01-2024, 11:10
39

Mo‘g‘uliston 2024 yil 4 milliard dollar sarmoya jalb qilmoqchi

“CentralAsia” xabar berishicha, 2023 yil Mo‘g‘uliston iqtisodiyoti 6,8 foiz o‘sgan, bu mintaqa uchun sezilarli darajada yuqori natija. O‘sish jarayoniga tog‘-kon sanoati va xizmat ko‘rsatish sohalari salmoqli ulush qo‘shgan. Qishloq xo‘jaligi sektori esa 9 foiz manfiy ko‘rsatkich qayd etgan.

Vazir iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atini o‘rtacha 6 foiz darajasida saqlab qolgan holda, hukumat barcha tarmoqlar bir xil rivojlanishiga e’tibor qaratishini aytib o‘tgan.

Muntazam o‘sish fuqarolarning barqaror daromadi uchun qulay shart-sharoit yaratadi, iqtisodiy xavfsizlikda muhim ahamiyat kasb etadi, deydi vazir.

Hisobotda qayd qilinishicha, yalpi ichki mahsulotning 79 foizini tashkil etuvchi xususiy sektor sarmoyaga muhtoj. Ayni yo‘nalishga salmoqli investisiya yo‘naltirayotgan Osiyo taraqqiyot banki 10 dan ortiq korxonaga sarmoya kiritgan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта