+14° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
30-01-2024, 23:28
35

Putin olti yilda qancha pul ishlab topgani ochiqlandi

Rossiya saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi prezident Vladimir Putin olti yil davomida 67,5 million rubl ishlab topgan.

Gap ish haqi, depozitlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar, pensiyalar va mulkni sotishdan tushgan pullar haqida bormoqda. Uning bank hisoblarida 54,4 million rubl bor.

Prezidentning Sankt-Peterburgdagi kvartirasi (77 kv.m) va garaji (18 kv.m.), uchta mashina va tirkamasi ham mavjud.

Shuningdek, Putinning nominal qiymati Sankt-Peterburg bankida 11,81 rubl bo‘lgan 230 ta aksiyasi ko‘rsatilgan.

Ta’kidlash kerakki, Putinning boyliklari haqida turli gap-so‘zlar yuradi. Jumladan, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy uning Gelenjikdagi qasri haqida surishtiruvni e’lon qilgan va video 100 milliondan oshiq ko‘rilgandi.

Eslatib o‘tamiz 29 yanvar kuni Rossiya saylov komissiyasi Vladimir Putinni mustaqil nomzod sifatida bo‘lajak saylovlar uchun ro‘yxatga olgandi. Saylovlar 2024 yil 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта