+15° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
30-01-2024, 23:07
39

Norvegiya suveren jamg‘armasi 2023-yilda rekord darajadagi daromadga erishdi

Dunyodagi eng yirik suveren boylik jamg‘armasi bo‘lgan Norvegiya Davlat Pensiya jamg‘armasi (Neft jamg‘armasi) 2023 yil natijalariga ko‘ra rekord darajadagi 2,222 milliard kron (213 milliard AQSh dollari) daromad oldi.

Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, “Report” xabar bermoqda .

Jamg‘arma hisobotida qayd etilishicha, investision daromadlar, jumladan, milliy valyuta kursining pasayishi va texnologiya kompaniyalari aksiyalari narxining oshishi hisobiga 16,1 foizni tashkil qilgan.

Jamg‘arma aksiyalarga investisiyalardan 21,3%, asosiy daromad vositalariga investisiyalardan 6,1% va qayta tiklanadigan energiya manbalariga investisiyalar 3,7% daromad oldi. Shu bilan birga, Jamg‘arma ko‘chmas mulk investisiyalarida 12,4% yo‘qotdi.

“Yuqori inflyasiya va geosiyosiy notinchlikka qaramay, fond bozori 2023-yilda zaif 2022-yilga nisbatan juda kuchli bo‘ldi. Xususan, texnologiya kompaniyalari aksiyalari juda yaxshi natijalarga erishdi”, dedi Norges Bank Investment Management bosh direktori Nikolay Tangen.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта