46
O‘zbekiston va BAA hamkorligining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 29 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari Raqobatbardoshlik kengashi raisi, Hukumat ishlari vazirining raqobatbardoshlik va bilim almashinuvi bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Nosir Lyutani qabul qildi.
O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasida ko‘p qirrali aloqalarni, jumladan savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishildi. Jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2022 yilda 2,1 barobarga oshgan bo‘lsa ($518,6 mln), 2023 yilda esa 2022 yilga nisbatan qariyb 21%ga o‘sgan ($625,9 mln), BAA ishtirokidagi korxonalar soni 300 taga yetdi.
Suhbat davomida bu borada Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning faoliyatini yanada kuchaytirish orqali savdo ko‘rsatkichlarini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, hamda raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bu yil O‘zbekistonda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilingani munosabati bilan aynan yoshlar bilan ishlash, ya’ni, ularning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, qator ilg‘or zamonaviy sohalarda o‘tkaziladigan tadbirlarda yoshlar ishtirokini ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda yoshlarining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring