+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
28-01-2024, 17:20
43

Tramp Xitoyga yangi yirik iqtisodiy hujum tayyorlamoqda— The Washington Post

Sobiq prezident qayta saylangandan keyin XXRning AQSh bilan savdo darajasini pasaytirishni rejalashtirmoqda. Bu qaror dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti o‘rtasida bojxona tariflarining keskin oshishiga olib keladi. Kutilishicha, Xitoydan AQShga import qilinadigan mahsulotlar uchun bojlar 40 foizdan ko‘proqqa oshishi mumkin.

"Tramp maslahatchilari bilan Xitoyning barcha mahsulotlari importiga 60 foizlik tarif joriy etish imkoniyatini muhokama qildi", — deya yozadi nashr manbalarga tayanib.

Bu AQSh va jahon iqtisodiyoti uchun katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Nashrning eslatishicha, Bayden Tramp 2018 yilda kiritgan tariflarni saqlab qolgan, shuningdek, yarimo‘tkazgichlar va boshqa jihozlarga yangi cheklovlar qo‘shgan. Ammo Tramp mavjud tariflarni "keskin ravishda oshirishni" va’da bermoqda.

Xitoy Meksika va Kanadadan keyin AQShning uchinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта