Bugun, 27 yanvar kuni Yerni kuchli – 4 ballik magnit bo‘roni qopladi. Bu haqda "vc.ru" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda ta’sirchan odamlar geomagnit muhitning faolligi tufayli o‘zlarini yomon his qilayotganidan shikoyat qilmoqda. Xususan, odamlarda qon bosimi ko‘tarilishi va muntazam ravishda bosh og‘rig‘i kuzatilyapti.
Mutaxassislarning fikricha, bunga shanba kuni geota’sir kuchining nafaqat minimal qiymatlardan oshishi, balki o‘rtacha darajadan ham yuqoriligi sabab bo‘lmoqda.
Toshkent vaqti bilan 2:00 dan 23:00 gacha geota’sir kuchi 4 ballga yetib, shundan so‘ng, asta-sekinlik bilan 3 ballgacha va undan pastroq ko‘rsatkichga tushib borishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, ta’sirchan toifadagi insonlarda:
Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat rasionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring