+39° Kechasi +24°
Andijon (Bugun, 23 iyun)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 639.81 so'm (-4.1 so'mga)
146.96 so'm (-4.63 so'mga)
13 556.20 so'm (-19.57 so'mga)
15-03-2024, 08:16
47

Sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solmoqda

Amerikaning TIME jurnali AQSh Davlat departamenti (TIV) buyurtmasi asosida Gladstone AI kompaniyasi tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt (SI) xavfsizligi bo‘yicha hisobotning asosiy xulosalarini e’lon qildi.

2022 yil noyabr oyida boshlangan tadqiqotda hisobot mualliflari hukumat amaldorlari, ekspertlar va yetakchi sun’iy intellekt laboratoriyalari, jumladan OpenAI, Google DeepMind, Anthropic va Meta xodimlari bilan 200 dan ortiq intervyu o‘tkazib, bu sohadagi sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarni ochib berdi.

“Sun’iy intellekt xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” deb nomlangan hisobot 247 sahifadan iborat bo‘lib, 250 ming AQSh dollari evaziga tayyorlangan.

U sun’iy intellekt bo‘yicha xatarlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan, SI bo‘yicha Federal agentlikni tashkil etish, kuchli SI modellari tafsilotlarini ommaga oshkor qilishni taqiqlash, sun’iy intellekt chiplari ishlab chiqarish ustidan nazoratni kuchaytirish va SI xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtirishni taklif qiladi.

Hisobotda: "Eng yomon ssenariyda SI insoniyat uchun yo‘q bo‘lib ketish darajasida xavf tug‘dirishi mumkin. SIning hozirgi rivojlanishi milliy xavfsizlikka shoshilinch va ortib borayotgan tahdidlarni keltirib chiqaradi. Ilg‘or va yalpi rivojlanish, xuddi o‘z vaqtida yadro qurolining paydo bo‘lishi kabi, global xavfsizlikni beqarorlashtirish potensialiga ega”, - deyiladi.

Hisobot sun’iy intellektni qurollanish va SI tizimlari ustidan nazoratni yo‘qotish xavfini ta’kidlab, misli ko‘rilmagan foydalanish xavfi va dushmanona xatti-harakatlari ehtimoli tilga olinadi. Maqolada, shuningdek, SI sanoatida xavfsizlikdan ko‘ra rivojlanish tezligini birinchi o‘ringa qo‘yadigan "raqobat dinamikasi" borligidan tashvish bildirilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта