+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
14-03-2024, 09:13
87

AI uy hayvonlari bilan gaplashishga imkon beradi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tez orada hayvonlar bilan muloqot qilish uchun sun’iy intellekt vositalari paydo bo‘ladi. Bu voqea 12-36 oy ichida sodir bo‘lishi aytilmoqda. Uy hayvonlari va hatto yovvoyi hayvonlar bilan ham aloqa qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnologiya “raqamli bioakustika” deb ataladi. Bu matoh hayvonlarning odam qulog‘iga eshitilmaydigan tovushlarni ham o‘qiydi, ularni tirik mavjudotlarning xatti-harakati va kayfiyati bilan bog‘laydi. Bundan tashqari, qo‘shimcha datchiklar hayvonlarning yuz ifodalarini, o‘zini tutishlarini va qiliqlarini talqin qilishga yordam beradi.

“Earth Species Project” loyihasi tomonidan ishlab chiqilayotgan texnologiya mushuklar, itlar, qarg‘alar va hatto kit kabi hayvonlar bilan turlararo o‘zaro ta’sir qilish imkoniyatini ochishi kutilmoqda.

Yangi sun’iy intellekt foydalanuvchilarga nafaqat uy hayvonlarining xohish-istaklarini tushunishlari uchun foydali bo‘ladi, balki ularning ijtimoiy xatti-harakatlarini o‘rganuvchi yoki ularni dengiz va quruqlikdagi xavfli zonalarni kesib o‘tishdan ogohlantiruvchi maxsus robotlarni yaratishda ham qo‘llanilishi mumkin. Albatta, hayvonlar, odamlardan farqli o‘laroq, yuqori darajada rivojlangan mavhum fikrlash va tilga, shuningdek, aloqa haqidagi g‘oyalarga ega emaslar, shuning uchun siz yangi texnologiya ular bilan mazmunli muloqot qilish imkonini beradi deb kutmasligingiz kerak. Biroq loyiha tirik mavjudotlar ruhiyatini o‘rganish, ularning xatti-harakatlari va chiqaradigan tovushlarni talqin qilishda albatta yordam beradi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта