57
5G bilan harakatlanadigan ilk elektrli velosiped yaratildi
U yana sun’iy intellekt bazasida to‘siqlarni bartaraf qilish tizimi bilan ham jihozlangan.
“Orbic” kompaniyasi tomonidan Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress tadbirida namoyish qilingan velosiped qalin shinalarga ega. U ko‘plab kameralar va sun’iy intellekt yordamida to‘siqlar bilan to‘qnashib ketish xavfini aniqlaydigan qurilmalar bilan jihozlangan, deb yozgan “New Atlas” nashri.
Ikki g‘ildirakli transport vositasining barcha detallari hozircha oshkor qilinmagan, shunisi ma’lumki, velosiped “Qualcom”ning sakkiz yadroli chipida ishlaydi va “Android”ga asoslangan. Ta’kidlanishicha, u 5G ga ulangan dunyodagi birinchi velosiped hisoblanadi.
Model soatiga 45 kilometr tezlikka chiqa oladi. Akkumulyatori ramaning pastki quvuri ichiga joylashgan. Yangi velosiped shahar uchun ham, qishloq yo‘llari uchun ham mos keladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring