+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 12 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 822.98 so'm (+13.93 so'mga)
131.24 so'm (+0.68 so'mga)
13 823.17 so'm (+57.28 so'mga)
14-03-2024, 08:57
38

Endi suratlar ham kuylaydi

Xitoyning “Alibaba” kompaniyasi “EMO” neyron tarmog‘ini taqdim etdi. U fotosuratni jonlantirish va unda tasvirlangan odam qo‘shiq aytishi yoki gapirish imkonini beradi.

“VentureBeat” nashrining yozishicha, AI tizimi “Alibaba” kompaniyasining intellektual hisoblash instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ishlab chiquvchilar diffuziya modelini 250 soatlik videolar, jumladan, kinokliplar va musiqachilarning chiqishlariga o‘rgatishdi. Xuddi shunday neyron tarmoqlarning oldingi modellari mushaklar harakatini yaratish uchun yuzlarning 3D modellariga tayangan. “EMO” darhol audio signalni videoga aylantiradi, uning davomiyligi yuklangan audio trekka bog‘liq.

– Sinov natijalari shuni ko‘rsatadiki, “EMO” nafaqat suhbatlarning ishonchli videolarini, balki turli uslublarda qo‘shiq kuylash videotasvirlarini ham yaratishga qodir, - deydi tadqiqotchilar.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта