+11° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 15 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 808.03 so'm (+14.65 so'mga)
130.15 so'm (-0.58 so'mga)
13 612.37 so'm (+16.85 so'mga)
14-03-2024, 08:37
44

Erning orbitasi o‘zgarganmi?

Olimlar 56 million yil oldin sayyoramiz harorati 5-8 darajaga ko‘tarilganini aniqlashdi, bu atmosfera tarkibining sezilarli o‘zgarishiga va ayrim turlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan. Nima uchun bu sodir bo‘lganligi uzoq vaqt davomida sir bo‘lib kelayotgan edi. Sayyorashunos Neytan Kaib va ​​astrofizik Shon Raymond nihoyat buni yechishga muvaffaq bo‘lishganini ma’lum qildi.

“ScienceAlert” nashrining yozishicha, olimlar harorat va iqlim o‘zgarishini Yer orbitasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lagan. Bu yulduzning yaqin o‘tishi tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshash variant quyoshga o‘xshab harakatlanadigan “HD 7977” yulduzlari misolida o‘rganildi. U 2,8 million yil oldin quyosh tizimiga yaqin uchib o‘tgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sayyoralar orbitalarini o‘zgartirish uchun yetarlicha yaqin masofadan o‘tgan yulduzlar nisbatan kam uchraydigan hodisadir. Ammo ularning ta’siri juda katta bo‘lishi mumkin. Yulduz 50 000 astronomik birlik (bir astronomik birlik taxminan yer va quyosh o‘rtasidagi masofa) ichidan taxminan million yilda bir marta o‘tishi aytiladi. Shuningdek, yulduz taxminan har 20 million yilda yerga 10 000 astronomik birlikka yaqinlashayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, yaqin o‘tayotgan yulduzlardan biri haqiqatan ham uzoq o‘tmishdagi sayyoramizning haroratiga bilvosita ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.








Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта