+34° Kechasi +24°
Andijon (Bugun, 3 iyun)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 619.83 so'm (-21.04 so'mga)
140.36 so'm (-1.21 so'mga)
13 645.82 so'm (-72.05 so'mga)
18-01-2024, 22:41
32

“DOMiNO Ventures” O‘zbekistonning beshta startapiga sarmoya kiritadi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) va Niderlandiyaning “DOMiNO Ventures” venchur fondi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida “DOMiNO Ventures” tadqiqot olib borish va O‘zbekistonning innovasion ekotizimiga o‘z hissasini qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Fond vakillari O‘zbekistonning jadal rivojlanib borayotgan texnologiya sohasi katta imkoniyatlar taqdim etayotgani, bu esa uning investisiya kiritish uchun jozibador bozorga aylanayotganini ta’kidladi. 2024 yilda Fond O‘zbekistonda beshta texnologik startapga sarmoya kiritish niyatida. Ularning xalqaro bozorlarga chiqishi qo‘llab-quvvvatlanadi, bu esa o‘z navbatida, ularga global innovasion maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlash imkonini beradi. Shu bilan birga, startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha turli dasturlar tashkil etiladi.

“DOMiNO Ventures” 50 dan ortiq global hamda mahalliy hamkorlarga ega bo‘lib, o‘z faoliyatini sakkiz mamlakatda amalga oshiradi. Fondni kengaytirish strategiyasi asosida uning jamoasi turli tadbirlarda, jumladan, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi loyihalarda faol ishtirok etmoqda. So‘nggi ikki chorak davomida “DOMiNO Ventures” fondi 1000 ta startapni tahlil qildi va ko‘rib chiqdi. Bu uning istiqbolli tadbirkorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishidan dalolat beradi.



Top.Mail.Ru Анализ сайта