+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
17-02-2024, 22:02
20

OpenAI rahbari Sem Altman SI uchun tezlatgichlarga o‘rnatiladigan chiplar ishlab chiqaradigan zavodlar qurish uchun 5-7 trillion dollar sarmoya qidirmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, Altman bu uchun juda katta mablag‘ yo‘naltirmoqchi. Ha, zamonaviy talablarga mos yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqaradigan zavodlar milliardlab dollarga, ba’zan esa 20-30 milliard dollarga tushishi mumkin. Ammo The Wall Street Journalning yozishicha, Altman bir necha trillion dollar qidirmoqda!

Aniqrog‘i, uning fikricha loyiha 5-7 trillion dollar talab qilishi mumkin. OpenAI rahbarining loyihasi bo‘yicha bunday mablag‘ga qancha zavod qurish mumkinligi haqida ma’lumot berilmagan, ammo bu zamonaviy standartlar bo‘yicha aql bovar qillmas darajada ko‘pligi aniq.

Ushbu summaning naqadar ulkanligini yaxshiroq tushunish uchun biroz statistika: butun yarimo‘tkazgichlar sanoati o‘tgan yili 527 milliard dollar ishlab topgan va faqatgina 2030 yilga kelib bu ko‘rsatgich 1 trillion dollarga yetishi kutilmoqda.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта