+26° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
17-02-2024, 21:51
18

Yaponiya yangi raketani muvaffaqiyatli uchirdi

– Nihoyat “H3” birinchi tovushini uzatdi, – dedi JAXA loyihasi menejeri Masashi Okada matbuot anjumanida. – Qurilma to‘liq va muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

Bosh vazir Fumio Kisida mahalliy raketa muvaffaqiyatli uchirilishini olqishlab, shunday dedi:

– Men yillar davomida loyihada ishtirok etgan har bir kishining sa’y-harakatiga hurmat izhor etmoqchiman va Yaponiyaning ilg‘or raketalari barqaror ravishda yutuqlarni qo‘lga kiritib borishiga umid qilaman.

O‘tgan yil raketa sinovi muvaffaqiyatsiz kechgani mamlakatning kosmik strategiyasini qayta ko‘rib chiqish talabini yuzaga chiqargandi. Taxminan 20 yil ichida erishilgan mazkur yuqori natija esa koinotga muntazam chiqish imkonini berishi kutilyapti. Zero, “H3” tobora raqobatbardosh bo‘lib borayotgan sun’iy yo‘ldosh uchirish biznesida munosib o‘rin egallashga intiladi.

Ushbu raketa dastlab 2021 yil mart oyi oxirida ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi. Afsuski, ayrim muammolar, jumladan yangi dvigatel bilan bog‘liq masala tufayli start jarayoni ancha muddat kechiktirildi.

Darvoqe, kosmodromdan olti kilometr masofada joylashgan bog‘da marosimni tomosha qilish uchun 1200 ga yaqin odam yig‘ilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта