+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
15-02-2024, 16:38
45

Rossiyada Tinder’ning sun’iy intellektga ega analogi ishlab chiqildi

Rossiyalik dasturchilar sun’iy intellekt asosida tanishuv saytini yaratdilar. Er-xotinni topish parametrlari sifatida tizim Cattellning psixologik testiga asoslanadi – ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi bir nechta savollarga ovozli javob beradi va kelajakdagi juftining muhim shaxsiy xususiyatlarini ko‘rsatadi. Keyinchalik, neyron tarmoq javoblarni tahlil qilgan holda mos juftlikni tanlaydi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu qidiruv konsepsiyasi qiziqarli ko‘rinadi va foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erishishi mumkin, ammo uning yordami bilan haqiqiy munosabatlar o‘rnatishi dargumon, deyilgan.

Sankt-Peterburg davlat universiteti dasturchilari onlayn tanishuv uchun noodatiy funksionallikka ega sayt yaratishdi.

“Bizning g‘oyamiz ovoz yordamida belgilangan parametrlarga muvofiq juftlikni tanlashdir. Buning uchun Kattellning inson xarakterini aniqlaydigan psixologik testidan foydalanilgan”, – deydi loyiha rahbari Yegor Krasilnikov.

Ilova quyidagicha ishlaydi: ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng foydalanuvchi bir nechta ovozli xabarlarni yozadi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchidan beshta savolga javob berish so‘raladi. Ularning orasida siz hayotdagi eng qiziqarli voqeani, g‘ayrioddiy tajribani, inson qanday yutuq bilan faxrlanishini va ideal munosabatlar qanday bo‘lishi kerakligini tafsiflashingiz kerak. Olingan ovoz na’munalari sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi va neyron tarmoq odamning xarakterini aniqlaydi.

Juft topishning bu usuli innovasion ko‘rinishiga qaramay, xatolarga olib kelishi mumkin, -degan oilaviy psixolog Natalya Naumova “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida.

— Ixtirochilar bizni ko‘proq hayratga solishga harakat qilmoqda. Ammo ixlosi qaytishi ham mumkin, chunki intonasiya odam haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin, lekin ba’zida noto‘g‘ri xulosaga kelish ham tabiiy. Natijada, texnologiya chalg‘itishi va umidsizlikka olib kelishi mumkin, degan u.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта