+25° Kechasi +18°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
13-02-2024, 12:56
15

Pentagon Yerda harbiy yuklarni tashish uchun SpaceX raketalaridan foydalanmoqchi

AQSh Mudofaa vazirligi SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan Starship og‘ir eltuvchi raketasidan Yerda harbiy yuklarni shoshilinch ravishda tashish uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Military.com. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu masala AQSh Kosmik kuchlari tomonidan fevral boshida Orlandoda o‘tkazilgan kosmik mobillik bo‘yicha konferensiyada muhokama qilingan.

Military.com qayd etishicha, AQSh Mudofaa vazirligi harbiy yuklarni raketalar orqali yetkazib berish imkoniyatini 20 avval o‘rganishni boshlagan. Hozir Starship Oy raketasi istiqbollarini hisobga olgan holda yana bu masala ko‘rib chiqilgan, u hozircha sinov parvozlarining birortasidan ham muvaffaqiyatli o‘tmagan.

AQSh harbiy-havo kuchlari Tadqiqot laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Gregori Spanjers aytishicha, raketa afzalliklaridan foydalanish bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish uchun Starship yuk bo‘linmasi maketlari yaratilgan. SpaceX katta maslahatchisi Geri Xenri ta’kidlashicha, Starship raketasi harbiy yuklarni tashish uchun qurilmagan, ammo hozir kompaniya undan AQSh milliy xavfsizligi uchun foydalanish bo‘yicha katta istiqbollarni ko‘rmoqda.

Starship — o‘ta og‘ir ko‘p martalik ikki pog‘onali eltuvchi raketa bo‘lib, Amerikaning SpaceX kompaniyasi tomonidan Yerga yaqin orbita, Oy va Marsga odamlar va yuklarni yatkazish uchun loyihalashtirilgan. U o‘ta og‘ir Super Heavy eltuvchi raketasi va Starship kosmik kemasidan iborat. Ayni paytda SpaceX Starship’ni uchirish uchun Texasda faqat bitta start maydoniga ega. Biroq kompaniya ularni Florida va Kaliforniyada ham qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта