51
Qaysi bakteriyalar Mars sharoitida yashab ketishi ma’lum bo‘ldi
Xalqaro olimlar guruhi Mars muhitida omon qolishi mumkin bo‘lgan to‘rt turdagi bakteriyalarni ma’lum qilishdi.
Mutaxassislar o‘z laboratoriyalarida Marsga o‘xshash muhit hosil qilishdi, u regolitning imitasiyasi, past harorat, kislorodsiz atmosfera va radiasiya ta’sirini o‘z ichiga oladi. Keyin ular ushbu sharoitda to‘rt turdagi bakteriyalar – Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae va Burkholderia cepaciani joylashtirishdi. To‘rttasi ham odamlarda kasallikni qo‘zg‘atishi ma’lum.
Olimlar dastlab mikroorganizmlarning har bir turi har bir holatga qanday javob berishini sinab ko‘rdi, so‘ngra bakteriyalarga birdaniga to‘rtta omil asosida ta’sir o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, Burkholderia cepacia natriy perxloratga boy tuproqda rivojlana olmaydi. Bundan tashqari, atrof-muhitdagi suv miqdorining keskin kamayishi omon qolish imkoniyatini pasaytirdi.
Biroq, qolgan bakteriyalar omon qolganligini ko‘rsatdi. Ulardan uchtasi 21 kun davomida Mars sharoitlariga chidadi, P. aeruginosa ko‘payishda davom etdi. Mazkur natija Marsga tasodifan kiritilgan bakteriyalar kosmonavtlar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini ko‘rsatadi, deb xabar beradi lenta.ru.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring