+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
06-02-2024, 10:22
15

Hindiston 2025 yilda fazoviy kema vositasida odamni koinotga yuborishni rejalashtirmoqda

Hindiston koinot tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) mamlakatning birinchi ekipajli fazoviy kemasini 2025 yil oxirigacha orbitaga olib chiqishni va 2035 yilgacha o‘zining orbital stansiyasiga ega bo‘lishni rejalashtirgan.

Bu haqda ISRO rahbari Shridxara Paniker Somnatx ma’lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

“Odamning koinotga kema vositasidagi parvozi bilan bog‘liq mamlakatdagi ilk dastur – Gaganyan 2025 yil oxirigacha boshlanishi kutilmoqda”, dedi Somnatx ilg‘or tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun uni Adi Sankara Trust jamg‘armasi mukofoti bilan taqdirlash marosimida.

“2035 yilga borib mamlakatda koinot stansiyasi bo‘ladi. ISRO allaqachon Oydan namunalar olish uchun Chandrayan-4 ustida ishlamoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта