+27° Kechasi +15°
Andijon (Bugun, 8 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 947.20 so'm (+26.76 so'mga)
153.38 so'm (-0.14 so'mga)
14 222.50 so'm (-30.04 so'mga)
03-02-2024, 18:21
110

Yaponiya raqamli ko‘chmanchilar uchun yangi viza tizimini joriy qiladi

Yaponiya hukumati juma kuni chet ellik iste’dodlar va “raqamli ko‘chmanchilar” nomi bilan mashhur bo‘lgan masofadan (onlayn) ishlaydigan ishchilarga yangi viza tizimi bo‘yicha mamlakatda uzoqroq qolishga ruxsat berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Kyodo News axborot agentligi.

Taklif etilayotgan tizimga ko‘ra, kompaniyalarda masofadan turib ishlayotgan va sayohatga chiqqan chet el fuqarolari Yaponiyada olti oygacha qolishi mumkin.

Migrasiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu muddat qisqa muddatli turistik vizalar uchun ruxsat etilgan 90 kundan ancha uzoqroqdir.

Viza olish uchun ishchilar yillik daromadi 10 million iyendan (68 200 AQSh dollari) ortiq bo‘lishi va viza cheklovlaridan ozod qilingan va Yaponiya bilan soliq munosabatlariga ega bo‘lgan 49 mamlakat va mintaqadan birining rezidenti bo‘lishi kerak. Ularning turmush o‘rtoqlari va bolalariga ham mamlakatga kirishga ruxsat berilgan.

Mamlakat hukumati yangi tizimni mart oyida tugaydigan 2023 moliya yilida joriy etishni rejalashtirmoqda.

“Dunyo bo‘ylab 35 milliondan ortiq odam raqamli ko‘chmanchi sifatida ishlamoqda”, – deb yozadi Migrasiya xizmati AQSh sayyohlik kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovga tayanib.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта