+27° Kechasi +15°
Andijon (Bugun, 8 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 947.20 so'm (+26.76 so'mga)
153.38 so'm (-0.14 so'mga)
14 222.50 so'm (-30.04 so'mga)
03-02-2024, 13:06
113

Kattaligi osmono‘par binodek bo‘lgan asteroid Yer yaqinidan uchib o‘tdi

2 fevral kuni kattaligi osmono‘par binodek bo‘lgan asteroid Yerdan 2,7 million km uzoqlikda uchdi.

“Xavotir olmang: uning bizga qulashi ehtimoli yo‘q, chunki u Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan yetti barobar uzoqlikda sayyoramiz yonidan uchib o‘tadi”, — dedi NASA.

NASAning Yerga yaqin ob’ektlarni o‘rganish markazi asteroidning diametri 480 metrgacha bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu shuni anglatadiki, asteroid hajmini Nyu-York Empire State Building (102 qavatli osmono‘par bino) bilan solishtirish mumkin. Asteroid 2008 yilda topilgan va 2008 yil OS7 deb belgilangan. U faqat 2032 yilda bizdan yana uchib o‘tadi, lekin allaqachon 72 million km masofada.

Bundan tashqari, shu kuni yana uchta, 3 fevralda esa yana ikkitasi ancha kichikroq asteroidlar Yer ustidan uchib o‘tadi. 4 fevral kuni bizdan 7 million km uzoqlikda 2008 0S7 ning taxminan yarmi kattaligidagi yana bir asteroid uchib o‘tadi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта