+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
01-02-2024, 21:09
68

Wi-Fi sog‘liq uchun zararlimi?

Hozir hayotimizni simsiz texnologiyadan ayro tasavvur qilolmaymiz. Hech birimiz smartfonni qo‘ldan qo‘ymaymiz. Kafeda, uyda yoki parkda ham Wi-Fi yordamida internetga ulanish imkoniga egamiz. Tabiiyki, keyingi payt ko‘pchilikda havo orqali ma’lumot almashish qurilmasidan doimiy ravishda foydalanish sog‘liq uchun zararli emasmi, degan savol paydo bo‘lgan.

Aksariyat ekspertlar fikricha, Wi-Fi inson salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo yana bir jihatni esdan chiqarmaslik kerak. Bunday texnologiya, baribir, insoniyat uchun yangi va ehtimoliy zarar haqida uzil-kesil dalil yo‘qligi salbiy ta’sir mavjudligini butunlay istisno etmaydi.

Mutaxassislar tavsiyasiga quloq solish ziyon qilmaydi, albatta. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham doimiy ravishda onlayn vaqt o‘tkazish masalasiga jiddiy munosabatda bo‘lishi lozim. Ya’ni, Wi-Fi qurilmasini bolalar xonasiga yoki yotoqxonaning bosh tomoniga qo‘yish tavsiya qilinmaydi. Qolaversa, internetsiz ham hayot bir maromda kechganini esdan chiqarmaylik. Toza havo, harakatli o‘yinlar salomatlik uchun juda foydali ekani sir emas.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта