+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
01-02-2024, 21:05
47

Marsga uchadigan ilk samolyot qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Vertikal uchadigan va qo‘nadigan samolyot “MAGGIE” nomini oldi. Uchoqning qachon yig‘ilishi hozircha noma’lum, ammo ba’zi xususiyati, allaqachon, ayonlashgan. “Space.com” sayti yozishicha, qurilma quyosh energiyasidan quvvat oladi va bir onda 179 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Kamera va o‘lchagich bilan jihozlangan qurilma Mars yuzasini, taxminan, 1000 metr balandlikdan tasvirga oladi. Samolyot suv qidirish, kuchsiz magnit maydoni manbasini tahlil qilish, metan izini o‘rganish vazifasini ham bajaradi.

“MAGGIE” loyihasi allaqachon NASA tomonidan moliyalashtirila boshlangan. Mutaxassislar ishonchi komilki, yangi samolyot “Mars sirtini o‘rganishda inqilob yasaydi” va keng jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘ladi.

Hozir Marsda 1,8 kilogrammli “Ingenuity” uchuvchisiz boshqariladigan vertolyot parvoz qilmoqda. 18 yanvar kuni 72-parvozini amalga oshirgan bu uchoq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Reja bo‘yicha tushish vaqtida vertolyot va “Perseverance” apparati o‘rtasidagi aloqa uzilib qoldi. Yaxshiyamki, ikki kundan keyin olimlar qurilma bilan yana “bog‘lanish”ga muvaffaq bo‘lishdi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта