Yaqinda “Daily Mail” nashri olim va futurolog Endryu Grillning bashoratini e’lon qildi. Mutaxassis “5G SA” texnologiyasi rivoji, yangi qurilma va kelajakda urf bo‘ladigan buyumlar haqidagi fikrlarini o‘quvchilar bilan baham ko‘rgan.
Grill ta’kidlashicha, atigi besh yildan so‘ng britan o‘smirlari oyog‘idan boshigacha sun’iy intellekt zaxirasidagi texnologiya bilan ta’minlanadi. Ular hozirdanoq oddiy aqlli soat va fitnes-trekerdan voz kechmoqda. Endi yoshlar kiyim yoki poyafzalga o‘rnatilgan kichik chipdan foydalana boshlaydi.
Futurolog ushbu chipni 2021 yil “Apple” taqdim etgan “AirTag” bilan solishtirgan. Tanga hajmidaga mazkur qurilma sohibi hayotini yengillashtirib, u haqdagi barcha ma’lumotni to‘playdi va umumiy tarmoqda birlashtiradi.
Ekspert shunday misol keltiradi:
– Ko‘chada ketayotib, notanish odam oyog‘ida zo‘r krossovkani ko‘rib qoldingiz. Bunday vaziyatda o‘sha kishi oyoq kiyimini qayerdan olgani yoki xuddi shunday krossovkani qanday qilib topish mumkinligi xususida “fol ochish”ga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zi kiyib yurgan, chip bilan jihozlangan “gapiruvchi” sun’iy ongli krossovka begona poyabzal haqidagi barcha ma’lumotni beradi. Barcha zarur havola smartfoningizdagi ilovada paydo bo‘ladi.
Chip sohibining shaxsiy uslubi, xohishi, mablag‘i va yashash tarziga oid ma’lumotni saqlaydi. Kelgusida xarid qilish mumkin bo‘lgan buyum yuzasidan maslahat beradi. Xullas, bunday matohdan foydalanish hayotning barcha jabhasida aks etadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring