+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
30-01-2024, 22:45
49

Ilon Mask kompaniyasi inson miyasiga Neuralink implantini o‘rnatdi

28 yanvar kuni Ilon Maskning Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasi birinchi marta inson miyasini implantasiya qildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.

“Birinchi Neuralink implantasi inson miyasiga o‘rnatildi va uning tiklanishi [operasiyadan so‘ng] yaxshi ketmoqda”, – deb yozdi Mask o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Neuralinkning birinchi mahsuloti Telepathy deb ataladi. Bu chip nogironlarga o‘z fikrlari bilan telefon va kompyuterlarini boshqarish imkonini beradi.

“Ushbu chipning birinchi foydalanuvchilari oyoq-qo‘llarini boshqarish qobiliyatini yo‘qotgan odamlar bo‘ladi”, – dedi Mask.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurilma yordamida imkoniyati cheklangan insonlar o‘z fikrlarini tez ifoda etishlari mumkin bo‘ladi.

“Tasavvur qiling, Stiven Xokingning tez yozuv mashinkasidan ham tezroq gapiradi. Ajoyib emasmi?! Biz bu maqsadga erishish niyatidamiz”, – deb yozadi milliarder.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта