49
Ilon Mask kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatdi
Milliarder Ilon Maskning Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasi birinchi marta inson miyasiga implant o‘rnatdi. Bu haqda tadbirkor o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Neyrochip Bluetooth orqali gadjetlarni boshqarish imkonini beradi. Loyiha 2016 yilda boshlangan, biroq ilgari tadqiqot faqat hayvonlar ustida olib borilgan. Kompaniya asoschisi Ilon Mask bemor o‘zini yaxshi his qilayotgani va birinchi natijalar allaqachon istiqbolli ekanini yozgan.
Yangi mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi. Qurilma qabul qiluvchi kapsuladan iborat bo‘lib, eshitish vositasi kabi quloq orqasiga o‘rnatiladi. Undan ipga o‘xshash elektrodlar miyaga uzatiladi. Umuman olganda, miyaga 1,5 mingtagacha elektrodlar joylashtiriladi. Ularning har biri inson sochidan to‘rt marta yupqaroqdir.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring