+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
29-01-2024, 23:19
82

Iphone qurilmalarida sun’iy intellektga ega Siri iOS18da ishga tushiriladi

Ma’lum bo‘lishicha "Apple" kompaniyasi faol ravishda "Siri" asosida "ChatGPT" raqobatchisini ishlab chiqmoqda, biroq so‘nggi yillarda kompaniya bu poygada ancha orqada qolgan.

Tahlilchilarning fikricha, gap "Apple"ning innovasion yondashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ko‘proq vaqtni talab etadi:

• Qurilmaning o‘zida ma’lumotlar almashinuvi: "ChatGPT" va uning analoglari so‘rovlarni masofaviy serverlarda qayta ishlaydi, "Apple" esa barcha sozlamalarni qurilmaning o‘zida bajarishga intilmoqda. Bu nafaqat javob berish vaqtini tezlashtiradi, balki xavfsizlikni ham oshiradi.

• Video va audioni qayta ishlash: "Apple" sun’iy intellekti nafaqat matn, balki audio va video bilan ham ishlay oladigan bo‘ladi.

"Apple" sun’iy intellektga ega mutlaqo yangi "Siri"ning birinchi namoyishini iyun oyida bo‘lib o‘tadigan "WWDC" konferensiyasida o‘tkazishi mumkin.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта