+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
29-01-2024, 22:22
50

Xitoyda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan buqalar muvaffaqiyatli klonlandi

Xitoylik mutaxassislar mamlakatning janubi-g‘arbiy qismidagi Tibet tog‘larida yashovchi yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan Zhangmu va Apeijiaza zotli buqalarni muvaffaqiyatli klonladilar. Bu haqda Kazinform TASSga tayanib xabar beradi.

Yunyan okrugida ( Chunsin munisipaliteti, janubi-g‘arbiy Xitoy) har bir zotdan to‘rtta erkak buzoq paydo bo‘ldi.

"Bu tibetlik qoramollarning dunyodagi birinchi muvaffaqiyatli klonlanishi bo‘ldi", - deb ta’kidladi Xinhua agentligi.

Ushbu zotlarning kichik podalari Xitoy Xalq Respublikasining Tibet avtonom viloyatida, dengiz sathidan taxminan 3,5 ming m balandlikda Sinxay-Tibet platosida saqlanadi.

Avvalroq Xitoy ommaviy axborot vositalari yiliga 18 tonna sut ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, yuqori mahsuldor Golshteyn zotli sigirlarni klonlash haqida xabar bergan edi.

Global Times gazetasi yozganidek, Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universiteti olimlari somatik hujayra yadrosini uzatish usuli yordamida uchta buzoqni klonladilar. Biologlar hayvonlarning quloq to‘qimasidan foydalangan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта