Ingenuity vertolyoti Qizil sayyoradagi missiyasini yakunladi. Bu haqda NASA xabar bermoqda.
Vertolyot tik holatda qolsa-da, uning 18 yanvar kuni Yerga shu hafta yuborilgan parvozi tasvirlari qo‘nish vaqtida uning bir yoki bir nechta parraklari shikastlangani va endi parvoz qila olmasligini ko‘rsatmoqda.
Parvozlar yakunlangach, Ingenuity jamoasi vertolyot tizimlarining yakuniy sinovlarini o‘tkazadi va qolgan tasvirlar va ma’lumotlarni bort xotirasiga yuklaydi. Perseverance marsoxodi hozirda vertolyotni oxirgi qo‘nish joyida suratga olish uchun juda uzoq masofada turibdi.
Vertolyot muhandislar kutganidan ham ortiqroq ko‘rsatkichlarni qayd etdi, chunki uning uchun 30 kunlik missiya rejalashtirilgan bo‘lib, beshdan ortiq qisqa muddatli parvozlar ko‘zda tutilmagan. Biroq, qariyb uch yil davomida u 72 ta parvozni amalga oshirdi va rejalashtirilganidan 14 barobar ko‘proq parvoz qildi. Umumiy parvoz vaqti ikki soatdan oshdi, deb xabar beradi korrespondent.net.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring