+30° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 12 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 968.38 so'm (-4.93 so'mga)
152.37 so'm (+1.18 so'mga)
14 343.03 so'm (+14.01 so'mga)
28-01-2024, 20:03
74

Jeff Bezos ulkan ming yillik soatini qurmoqda

Amazon asoschisi Jeff Bezos 10 000 yilga mo‘ljallangan monumental soat yaratmoqda. Loyiha “uzoq muddatli fikrlash”ning ramziy ifodasidir va odamlarni hayoti davomida katta orzu niyat qilishiga undaydi.



Ushbu g‘oya 1980 yillarda kompyuter olimi Denni Hillisdan kelib chiqqan. U yiliga bir marta chalinadigan, 100 yilda bir marta harakatlanadigan asr o‘qi va ming yillikda bir marta bong uradigan soat yaratmoqchi edi. Bezos bu g‘oyadan ilhomlangan va u bunga 42 million dollarga yaqin sarmoya kiritgan.

Investorning fikricha, koinotdan olingan Yer suratlari atrof-muhit haqidagi tasavvurni o‘zgartirganidek, soat ommaviy nutqda timsolga aylanishi kerak. Soatning balandligi o‘nlab metrlarni tashkil qiladi. Ular G‘arbiy Texasdagi tog‘ning ichiga joylashtiriladi. Soatda asrlar davomida uzluksiz xizmat qiladigan mexanizm va Brayan Eno tomonidan yaratilgan ovoz generatori o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Loyiha ustida ish 2018 yildan beri olib borilmoqda3. Soat qurilishining yakuniy sanasi hali e’lon qilinmagan.

Hozirgi kunda London ilmiy muzeyida ushbu soatning kichraytirilgan prototipini ko‘rishingiz mumkin.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта