+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
26-01-2024, 17:24
37

Zamonaviy kabel mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha 70 million dollarlik kelishuv imzolandi

"O‘zeltexsanoat" uyushmasiga a’zo "Techno Cable Group" kompaniyasi vakillari ham Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralarda ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishdi. Xususan, Xitoyning yirik kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan energetika sohasidagi investisiya loyihalari uchun zamonaviy kabel mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 70 million dollarlik kelishuv imzolandi.

"O‘zeltexsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari N. Tolipov so‘ziga ko‘ra, ushbu kelishuv natijasida Xitoylik kompaniyalar tomonidan respublikamizda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida importni kamaytirilishiga va mahalliy korxonalar bilan kooperasiya aloqalarining rivojlanishiga erishiladi.

"Techno Cable Group" kompaniyasi bugungi kunda 2 ming turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaradi. 300 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. 2023 yilda amalga oshirilgan 15 milliard so‘mlik loyihalar natijasida 10-35 kV yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2024 yilda ham korxona yangi investisiya loyihalari asosida yangi ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Xususan, yangi quvvatlar uchun binolar qurilib, xorijdan zamonaviy texnologiyalarni olib kelish va jihozlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida korxona yana yangi 100 nafar ishchi o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda. Korxona asosan Turkiya, Gruziya, Markaziy Osiyo davlatlariga mahsulot eksport qilib kelmoqda. Joriy yilda ham eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha korxonaning istiqbolli rejalari mavjud.

Shuningdek, davlat tashrifi doirasida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Xitoyning bir qator kompaniyalar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Uyushma raisi Mirziyod Yunusov Xitoyning "Holowits Technologies" kompaniyasi vakillari bilan yurtimizda videokuzatuv qurilmalarini ishlab chiqarish yuzasidan suhbatlashdi.

O‘z navbatida, "Holowits Technologies" kompaniyasi direktori Yang Jen ushbu loyihaga qiziqish bildirib, uning istiqbolini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilishini ta’kidladi.

"Holowits Technologies" kompaniyasi sun’iy ong kameralari, videokuzatuv qurilmalari, bulutli xizmat texnologiyalari kabi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ushbu sohada xizmat ko‘rsatuvchi yirik korxonalardan biridir.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта