39
Misrning yirik biznes vakillaridan iborat delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurishga hozirlik ko‘rmoqda
O‘zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Misr savdo-sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Yahyo al-Vatih Bellah bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish, O‘zbekistonga xorijiy investisiyalarni jalb qilish, misrlik yirik tadbirkorlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim loyihalarda ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Misr tomoni O‘zbekistonning investisiyaviy salohiyati, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, taqdim etilayotgan soliq va boshqa imtiyozlar bilan tanishdi.
2023 yil fevral oyida O‘zbekiston Prezidentining Qohiraga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrif barcha sohalarda o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani alohida urg‘ulandi. Oliy darajadagi muzokaralar va tashrif davomida o‘tkazilgan biznes-forum natijasida erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring