+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
11-03-2024, 14:27
40

Italiyalik dizaynerlar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga jalb qilinadi

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning Yevropa dizayn instituti (Istituto Europeo di Design) rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuvda institut koordinatori Paola Pattachini va maxsus loyihalar bo‘yicha hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Selena Mezoraka qatnashdi.



Tekstil dizayni sohasida qirq yillik tajribaga ega bo‘lgan Paolo Pattachini O‘zbekistonda mazkur tarmoqda erishilayotgan yutuqlar va rivojlanish sur’atlari bilan yaqindan tanish ekanligini ta’kidladi.



Italiyalik mutaxassislar joriy yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi mobaynida Dizaynerlar va texnologlar maktabini tashkil etish bo‘yicha bildirilgan tashabbusini katta qiziqish bilan qabul qildi. Ular maktabga Italiyadan kiyim-kechak, maishiy tekstil va sanoat mahsulotlari bo‘yicha yuqori tajribali dizaynerlarni jalb qilish yuzasidan taklifni qo‘llab-quvvatladilar.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта