+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
07-03-2024, 11:01
32

Shokolad qimmatlashdi, sababi...

O‘simlik kasalliklari kakao hosilini yo‘q qilmoqda, so‘nggi olti oy ichida uning narxi uch baravar oshdi. Bu esa shokoladning qimmatlashishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Euronews xabar berdi.

Kakao narxining oshishi shokolad narxiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Noqulay ob-havo sharoiti kakao dukkaklarining kasallanish sabablaridan yana biri hisoblanadi. Jahon bozoridagi kakao hajmining yarmidan ko‘pi Gana va Kot-d’Ivuar tomonidan yetkazib beriladi.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi Kot-d’Ivuar va Ganada yetishtiriladigan kakao dukkaklarining eng yirik xaridori hisoblanadi. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 va 2021 yillar oralig‘ida YEI davlatlari Afrika mamlakatidan yiliga o‘rtacha 3 milliard dollarlik kakao xarid qilgan.

Fevral oyida kakao dukkaklarining jahon narxi rekord darajadagi 1t uchun 6000 dollargacha ko‘tarilgan. Yil boshidan beri kakao dukkagi bir yarim barobarga, 2022 yildan beri esa 130 foizga qimmatlashgan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта