+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
07-03-2024, 05:46
38

Metro yo‘nalishi ostidagi binolar auksionga qo‘yildi

Binolar ro‘yxati E-auksion platformasiga joylashtirilgan. Xaridorlarga Ohangaron yo‘li va Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bo‘yidagi 60 ta bino taklif etilmoqda. Binolardan savdo yoki maishiy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida foydalanish mumkin, ularni ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomalar besh yil muddatga tuziladi.

Taklif qilinayotgan binolarning o‘rtacha maydoni taxminan 160 kvadrat metrni tashkil etadi. Ularga kommunikasiya vositalari-svet, vodoprovod, kanalizasiya ulangan, lekin gaz yo‘q. Ob’ektning boshlang‘ich narxi o‘rnashgan joyiga qarab o‘zgaradi. Ko‘plab binolar uchun u 190- 220 million so‘mni tashkil etmoqda. Ammo, ulardan biri — “Iltifot” metro stansiyasi yonidagi bino 250,4 million so‘m deb baholandi.

Poytaxt ma’muriyati 2023 yilning noyabr oyida metro yo‘nalishi ostidagi birinchi binolar topshirilishi haqida xabar bergan edi. Tadbirkorlar e’tiborini birinchi navbatda ijara haqining pastligi o‘ziga tortdi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта