37
Berlinda joylashgan Tesla zavodi elektr tarmog‘idagi yong‘in tufayli evakuasiya qilindi
Gryunxaydadagi (Berlin chekkasidagi hudud) Tesla zavodi elektr ta’minotidan birida chiqqan yong‘in tufayli elektr ta’minotisiz qoldi va evakuasiya qilindi, deb yozadi Berliner Zeitung. Hodisa, shuningdek, bir qancha qo‘shni mahallalarda va Berlinning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqida mahalliy vaqt bilan soat 5:15 da xabar berilgan. Hozirda olov o‘chirilgan.
Tesla, Tagesspiegel so‘roviga javoban, zavod evakuasiya qilingani va mahalliy operatorga quvvatni tiklash uchun vaqt kerak bo‘lishini aytdi.
Shu bilan birga, Markische Allgemeine Zeitung xabariga ko‘ra, yong‘in transformator kabinasida sodir bo‘lgan. Gazetaning ma’lum qilishchicha, voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish brigadalari va polisiya tez orada chekinishga majbur bo‘lgan. Yong‘in joyi yaqinida o‘q-dorilar bo‘lishi mumkin bo‘lgan chodir topilgan. U yerga sapyorlar yetib kelgan. Taxminlarga ko‘ra, chodir 29 fevral kuni Tesla zavodi yaqinida lager qurgan atrof-muhit faollari tomonidan o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ular Amerika korporasiyasi ehtiyojlari uchun hududdagi o‘rmonlarning kesilishiga qarshi norozilik bildirishmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring