+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
04-03-2024, 13:28
34

O‘zbekiston Koreyaga volfram konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha taklif bilan chiqdi

O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar instituti prezidenti Li Pyong Kuni qabul qildi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar birgalikda geologik tadqiqotlar olib borish orqali hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, mineral resurslar va geologik ofatlar sohasida loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Janubiy Koreya tomoni joriy yilda O‘zbekistonda mineral resurslar va geologik ofatlar sohasida loyiha boshlanganini e’lon qildi. Ushbu loyiha Janubiy Koreya hukumatining 8 million dollargacha bo‘lgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan loyiha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, asosiy texnologiyalarni joriy etish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirishni qamrab oladi.

Janubiy Koreya tomoniga O‘zbekistondagi volfram konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish taklif etildi.

Li Pyong Ku, shuningdek, joriy yilning 5 mart kuni Seul shahrida Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar institutining xalqaro forumi bo‘lib o‘tayotganini bildirdi. U mazkur tadbirda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining ikki vakili taqdimot bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта