35
Bayden ma’muriyati «Kroger» va «Albertsons» supermarketlarining birlashishiga qarshi
Bayden ma’muriyati «Kroger» va «Albertsons» supermarketlar tarmog‘ining taklif qilinayotgan birlashuvini blokirovka qilish uchun sudga da’vo qilmoqda, chunki kelishuv oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi NBC News.
Federal savdo komissiyasi (FTC) da’voni e’lon qilib, taklif qilingan kelishuv «Kroger» va «Albertsons» o‘rtasidagi raqobatni bartaraf qiladi, bu esa millionlab amerikaliklar uchun oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zaruriy narsalar narxining oshishiga olib keladi. Raqobatning yetishmasligi mahsulot va xizmatlar sifatini pasaytiradi va iste’molchilar uchun tanlovni kamaytiradi.
Bu xavotirlar pandemiya boshlanganidan beri AQShda oziq-ovqat narxlari 20 foizdan ko‘proqqa oshgani bilan bog‘liq.
FTC Raqobat byurosi direktori Genri Lyuning so‘zlariga ko‘ra, asosiy oziq-ovqat do‘konlari ishchilari ham ish haqi, nafaqalar va ish sharoitlarining yomonlashishiga olib keladigan bitimdan zarar ko‘radilar.
«Kroger» mamlakatdagi «Walmart»dan keyin ikkinchi yirik oziq-ovqat do‘koni, «Albertsons» esa «Costco»dan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi.
25 milliard dollarlik kelishuv ilk bor 2022 yil dekabrida e’lon qilingan edi. Muvaffaqiyatli bo‘lsa, qo‘shilish tufayli 710 ming xodimga ega kompaniya yuzaga keladi, u deyarli 5 ming do‘kon va 4 mingga yaqin dorixonani boshqaradi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring